Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston va Turkiya: Ijtimoiy xizmatlarda hamkorlik kuchaytirilmoqda
15:11 / 2025-12-11

Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori M.Olloyorov va Turkiya Oila va ijtimoiy xizmatlar vaziri M.Gyoktash o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida tomonlar ijtimoiy himoya tizimlarini rivojlantirish, bolali oilalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va qariyalarni qo‘llab-quvvatlash masalalarini muhokama qilishdi. Shuningdek, ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy siyosat sohasida hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlari ham ko‘rib chiqildi.

Ijtimoiy himoyani raqamlashtirish, aholining ehtiyojmand qatlamlarini manzilli qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirish hamda ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishda insonga yo‘naltirilgan yondashuvlarni joriy etishga e’tibor qaratildi.

Tomonlar O‘zbekiston-Turkiya hamkorligining yuqori salohiyatini ta’kidlab, qo‘shma tashabbus va loyihalarni amalga oshirishda o‘zaro manfaatdor ekanliklarini bildirdi.

Uchrashuv yakunida Ijtimoiy himoya milliy agentligi va Turkiya Oila va ijtimoiy xizmatlar vazirligi o‘rtasida 2024 yil 16 mayda imzolangan Ijtimoiy xizmatlar sohasidagi o‘zaro anglashuv memorandumini amalga oshirish bo‘yicha 2025–2027 yillarga mo‘ljallangan Chora-tadbirlar rejasi imzolandi.

Imzolangan hujjatlar O‘zbekiston va Turkiya hamkorligini yanada mustahkamlab, ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy himoya sohasida zamonaviy va samarali mexanizmlarni rivojlantirishga xizmat qiladi.

Sh.Mamaturopova,

O‘zA