Yaqinda O‘zbekiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Kongratbay Sharipov va Tojikistonning mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Abdujabbor Rahmonzoda o‘zaro muloqot olib bordi. Bu haqda axborot hamkorimiz «Hovar» ma’lum qilmoqda.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi ta’lim, fan va innovatsiyalar, jumladan, o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi, ilmiy konferensiyalar, dissertatsiya himoyasi ishida ishtirok etish bo‘yicha hamkorlikning hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari, kengashlar, tomonlararo malaka oshirish, ta’lim sohasiga raqamli texnologiyalarni joriy etish yuzasidan fikr almashildi.
Tomonlar shuningdek, joriy yilning aprel oyida Toshkent shahrida ikki mamlakat universitetlari rektorlarining II-forumini o‘tkazish masalalarini muhokama qildilar.
Ma’lumot o‘rnida, 2023-yilning 14-mart kuni Dushanbe shahridagi Tojikiston Milliy universitetida “Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasidagi ikki tomonlama aloqalar milliy iqtisodiyotni rivojlantirish asosi” mavzusida Tojikiston-O‘zbekiston I – Rektorlar forumi o‘tkazilgan edi.
Muharrama Pirmatova, O‘zA