French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston va Tojikiston oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida 30 ga yaqin hujjat imzolandi
16:06 / 2023-03-14

O‘zbekiston va Tojikiston davlatlari oliy ta’lim muassasalari rektorlarining birinchi forumi yalpi majlisida ikki davlat OTM rektorlari hamkorlik aloqalarini mustahkamlash va istiqboldagi rejalarga bag‘ishlangan ma’ruzalari bilan ishtirok etdi hamda yakuni bo‘yicha mamlakatlar oliy o‘quv yurtlari o‘rtasida 30 ga yaqin bitim, anglashuv memorandumi va "yo‘l xaritalari" imzolandi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Tojikiston oliy o‘quv yurtlari bilan kimyo-texnologiya, energetika, mashinasozlik, sanoat texnologiyasi, biotexnologiya, irrigatsiya va suv resurslari, qishloq xo‘jaligi, tibbiyot, farmakologiya, farmatsevtika kabi sohalarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish ko‘zda tutilgan.  

Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash lozimki, bugungi kunga qadar ikki davlat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha 65 dan ortiq shartnoma va memorandum mavjud.  

O‘zA