Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston va Tojikiston energetika sohasida hamkorlikni mustahkamlaydi
23:42 / 2025-08-14

Bugun Sug‘d viloyatining Guliston shahrida O‘zbekiston Respublikasi energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov va Tojikiston Respublikasi energetika va suv resurslari vaziri Daler Juma o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Ikki mamlakat yoqilg‘i-energetika kompaniyalari rahbarlari va mas’ul xodimlari ishtirok etgan ushbu uchrashuvda tomonlar hamkorligi xususida so‘z yuritildi.

Uchrashuvda ta’kidlanganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmonning tashabbuslari bilan boshlangan ikki tomonlama hamkorlik aloqalari bugungi kunda barcha yo‘nalishlarda, jumladan, energetika sohasida ham jadal va samarali rivojlanib bormoqda.

Shuningdek, muloqot chog‘ida mas’ullar energetika sohasidagi hamkorlikning keng ko‘lamli yo‘nalishlarini ko‘rib chiqdi. Xususan, 2025-2026 yillar kuz-qish mavsumi uchun energetika tizimlari faoliyatini muvofiqlashtirish, “Markaziy Osiyoning yagona energetika tizimiga qayta ulanish” loyihasi doirasida yuzaga keladigan texnik masalalariga alohida urg‘u berildi.

Vazirlik axborot xizmatiga ko‘ra, uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlikning bugungi darajasidan mamnun ekanini bildirdi. So‘ngra ikki mamlakat xalqlari manfaatlari yo‘lida qarindoshlik va strategik munosabatlarni yanada mustahkamlashga tayyorligini tasdiqladi.

N.Ziyodullayeva tayyorladi, O‘zA