Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston va Tojikiston Bosh prokurorlari uchrashdi
10:29 / 2022-10-20

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev boshchiligidagi delegatsiya Tojikiston Respublikasi Bosh prokurori taklifiga binoan ushbu mamlakatga tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori N.Yo‘ldoshev va Tojikiston Respublikasi Bosh prokurori Yu.Rahmon o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.  

Konstruktiv muloqot davomida tomonlar idoralararo munosabatlar, shuningdek ikki davlat chegara oldi hududlari prokuraturalari o‘rtasidagi huquqiy hamkorlik masalalarini muhokama qildi.  

N.Yo‘ldoshev o‘zaro manfaatli sheriklik tamoyillariga asoslangan ikki mamlakat prokuratura organlari o‘rtasidagi samarali hamkorlik ijobiy dinamika kasb etayotganini ta’kidlab, 2022-2023 yillarga mo‘ljallangan Bosh prokuraturalar o‘rtasidagi hamkorlik dasturi bunda muhim o‘rin tutayotganini aytib o‘tdi.  

Uchrashuv o‘zaro tushunish, ishchanlik va do‘stona ruhda bo‘lib o‘tdi va tomonlar o‘zaro hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirishni davom ettirishga tayyor ekanligini bildirdi.  

O‘zA