Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston va Tojikiston bojxonachilari xavfsizlik bo‘yicha tajriba almashmoqda
14:32 / 2025-10-27

Bojxona institutining Qayta tayyorlash va malaka oshirish fakultetida Jahon bojxona tashkilotining Markaziy Osiyo va Kavkaz xavfsizlik loyihasi doirasida O‘zbekiston hamda Tojikiston bojxona xizmatlari vakillari uchun xalqaro seminar-trening tashkil etildi.

Tadbirdan ko‘zlangan maqsad bojxona xodimlarining qurol-yarog‘ va uchuvchisiz uchish apparatlarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish, xavflarni boshqarish hamda chegara nazoratida huquqbuzarliklarni aniqlash bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlashdan iborat.

Seminar davomida Jahon bojxona tashkilotining tajribali ekspertlari — Adam Vas, Vesna Vrakar va Metyu Faxd o‘zlarining amaliy tajribalari hamda ilg‘or xalqaro yondashuvlari bilan o‘rtoqlashdi.

Trening doirasida ishtirokchilar uchun zamonaviy o‘quv metodikasi asosida nazariy bilimlar bilan bir qatorda amaliy mashg‘ulotlar ham tashkil etildi.

Mazkur tadbir bojxona organlari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, xavfsizlikni ta’minlash va mintaqaviy barqarorlikni yanada oshirishga xizmat qiladi.

Sh.Mamaturopova, O‘zA