Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston va Tatariston innovatsiya sohasida hamkorlikni kengaytiradi
11:30 / 2021-07-25

O‘zbekiston ilf-fan va innovatsiyalar sohasida hamkorlik aloqalarini rivojlantirmoqda. Shu jumladan, Tatariston Respublikasi Innopolis texnoparki bilan hamkorlikda loyihalar amalga oshirilmoqda.

Mazkur texnopark rahbariyati va uning bir guruh yirik hamkorlari yurtimizga tashrif buyurib, Innovatsion rivojlanish vazirligi va uning tuzilmalari faoliyati bilan tanishdi.  

Innovatsiyalar Milliy ofisi bosh direktori Olimjon To‘ychiyev mehmonlarni innovatsiya sohasida erishilayotgan yutuqlar bilan tanishtirdi. O‘zbekiston fan, innovatsiya va texnologiyalar transferi sohasida xalqaro hamkorlar bilan izchil ish olib borilayotganini so‘zlab berdi. Bu jarayonda Tatariston bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish alohida ahamiyat kasb etadi.  

Delegatsiya a’zolari Innovatsion rivojlanish vazirligidagi innovatsion ishlanmalar o‘rin olgan ko‘rgazmalar zali va Innovatsiyalar Milliy ofisiga qarashli laboratoriyalar faoliyati bilan bevosita tanishdi.  

O‘zbekiston yosh olimlari tomonidan ishlab chiqilgan loyihalarga delegatsiya a’zolari katta qiziqish bildirdi.  

Kengaytirilgan yig‘ilishda Innopolis direktori o‘rinbosari V.Galeyev O‘zbekistonning innovatsiyalar sohasida erishgan yutuqlari va bunda Innovatsion rivojlanish vazirligining ahamiyati juda katta ekanligi va kelgusida hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha fikr bildirdi.

Tor doiradagi uchrashuvda innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov Innopolis texnoparki bosh direktori o‘rinbosari V.Galeyev va Innopolis shahridagi IT park direktori A.Borisovni qabul qildi.  

Vazirlik Tatariston bilan hamkorlikni yanada rivojlantirishga alohida e’tibor qaratayotgani, xususan, Innopolis rezidenti “Bipium” kompaniyasi bilan axborot texnologiyalari sohasida loyiha amalga oshirilayotganligi ta’kidlab o‘tildi.  

O‘z navbatida, V.Galeyev tashrif davomida innovatsion rivojlanish sohasida erishgan yutuqlarini e’tirof etib,  O‘zbekistonning tajribasini o‘rganib va uni amalda tatbiq qilishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi.

Tashrif davomida mehmonlar Olmazor tumanida barpo etilayotgan Texnopark majmuasi bilan ham yaqindan tanishdi.

       N.Abduraimova, O‘zA