Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston va Syansu iqtisodiy hamkorligi rivojlanadi
08:32 / 2025-10-19

O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Ilzat Qosimov Xitoy Xalq Respublikasi Syansu muzofoti Xalqaro savdoni rivojlantirish kengashi bosh direktori Van Shanxua bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muzokara chog‘ida mavjud aloqalarni kengaytirish, yangi ishlab chiqarish korxonalari tashkil etish, raqamli infratuzilmani rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Jumladan, ushbu provinsiya korxonalari ishtirokida respublikamizda maxsus sanoat hududi tashkil etish, sheriklikka qiziqish bildirgan Chin kompaniyalari ro‘yxatini shakllantirish, qo‘shma ishchi guruh tuzish va investitsiya uchrashuvlarini muntazam o‘tkazish rejasi ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, keyingi yil “road show” tadbirlari tashkil qilish orqali o‘zaro investitsiya imkoniyatini targ‘ib qilishga kelishildi.

Yakunda tomonlar imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish orqali iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlashga tayyorliklarini bildirdi.

M.Pirmatova, O‘zA