Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston va Shvetsiya: qonunchilik, iqtisod, turizm, IT, ta’lim va madaniyat sohalarida hamkorlik rivojlantiriladi
11:59 / 2025-11-19

Istanbul shahrida YeXHT Parlament assambleyasi yillik yig‘ilishi doirasida Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Odiljon Mamatkarimov ishtirok etmoqda.

Tadbir doirasida O.Mamatkarimov Shvetsiya Riksdagi “Shimoliy Yevropa – O‘zbekiston” parlamentlararo hamkorlik guruhi raisi Byorn Syoder bilan uchrashdi.

Unda O‘zbekistonning Shvetsiya bilan parlamentlararo aloqalari, qonunchilik, savdo-iqtisodiy, turizm, IT, ta’lim va madaniyat sohalarida hamkorligini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Xususan, so‘nggi yillarda ikki mamlakat o‘rtasida parlamentlararo hamkorlik faollashib borayotgani, jumladan, Oliy Majlis palatalari vakillarining Shvetsiyaga tashriflari muntazam tashkil etilayotgani, 2025 yilda Shvetsiya parlamenti Spikeri o‘rinbosari Yuliy Kronlidning O‘zbekistonga tashrifi samarali o‘tkazilgani alohida ta’kidlandi.

Uchrashuv yakunida ikki davlat parlamentlari qo‘mitalari o‘rtasida Barqaror rivojlanish maqsadlarini ta’minlash, gender, ijtimoiy himoya sohalarida, xalqaro tashkilotlar doirasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, shartnomalar bazasini kengaytirish, oliy ta’lim muassasalari va hududlararo hamkorlikni rivojlantirishga kelishib olindi.

N.Abduraimova, O‘zA