Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston va Shvetsiya: parlament hamkorligi, qonun ijodkorligi sohasida tajriba almashish kengaytiriladi
12:57 / 2025-04-04

Pralamentlararo Ittifoqning 150-assambleyasi munosabati bilan yurtimizga kelgan Shvetsiya Qirolligi parlamenti (Riksdag)ning vitse-spikeri Yuliya Kronlid Oliy Majlis Senatiga tashrif buyurdi.

Senat Raisi Tanzila Norboyeva bilan uchrashuvda ikki davlat o‘rtasidagi parlamentlararo munosabatlarni rivojlantirish va hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini belgilash masalalari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, parlamentlararo munosabatlarni rivojlantirish uchun o‘zaro tashriflarni yanada faollashtirish, qonun ijodkorligi sohasida tajriba almashish va parlament qo‘mitalari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha fikr yuritildi.

Uchrashuv yakunida ikki mamlakat parlament qo‘mitalari hamda mahalliy kengashlar o‘rtasida muloqotni takomillashtirishga kelishib olindi.

N.Abduraimova, O‘zA