Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston va SHHT: ko‘p qirrali hamkorlik istiqbollari
12:16 / 2025-08-26

SHHT 24 yil ichida muhim shakllanish yo‘lini bosib o‘tdi va zamonaviy xalqaro me’morchilikning muhim qismiga aylandi. Bugungi kunda SHHT Yevroosiyoning barqarorligi va rivojlanishiga hissa qo‘shayotgan obro‘li va nufuzli birlashmadir. Tashkilotga a’zolik 6 tadan 26 ta ishtirokchiga (10 ta a’zo-davlat, 2 ta kuzatuvchi, 14 ta muloqot bo‘yicha sherik) ko‘paydi va SHHTga bo‘lgan qiziqish o‘sishda davom etmoqda. Xalqaro hamjamiyat Tashkilotni tinchlik va barqarorlikka qaratilgan sa’y-harakatlarni birlashtiruvchi kuch sifatida e’tirof etadi.

Bizning fikrimizcha, SHHTning yutuqlari, uning tobora o‘sib borayotgan salohiyati va xalqaro nufuzi ko‘p jihatdan qator muhim shartlarga rioya etilishi tufayli sodir bo‘ldi.

Birinchidan, a’zo-davlatlarning «Shanxay ruhi» asosiy tamoyillariga –o‘zaro ishonch, o‘zaro manfaat, tenglik, o‘zaro maslahat, madaniy xilma-xillikni hurmat qilish va umumiy rivojlanish istagiga qat’iy rioya qilishidir. SHHT faoliyati muloqot va ishonchga asoslangan bo‘lib, qarorlar yakdillik va murosa asosida qabul qilinadi.

Ikkinchidan, blokdan tashqari maqom, ochiqlik, uchinchi davlatlar yoki tashkilotlarga qarshi turmaslik, ishtirokchilarning tengligi va suverenitetini hurmat qilish, bu– SHHT xalqaro huquqiy jozibadorligining kafolati. Bu, SHHTga «tanlangan yirik davlatlar klubi» bo‘lishiga imkon bermadi, balki uni turli mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro aloqa qilishga tayyor bo‘lgan ochiq birlashmaga aylantirdi.

Uchinchidan,  Markaziy  Osiyo kengayish jarayonlariga qaramay, SHHTning «geografik yadrosi» bo‘lib qolmoqda, bu barcha a’zo-davlatlar o‘rtasidagi muhim o‘zaro bog‘liqlik bo‘lib, e’tibor va resurslarni tarqatishga imkon bermaydi.

O‘zbekiston Respublikasi SHHTning asoschi-davlatlaridan biri bo‘lib, Tashkilotning rivojlanishiga salmoqli hissa qo‘shdi. Mamlakatimiz SHHTga 2003–2004, 2009–2010, 2015–2016 va 2021–2022 yillarda – jami to‘rt marta raislik qildi. O‘zbekiston tomoni sa’y-harakatlarini SHHTning normativ-huquqiy va institutsional asoslarini mustahkamlash, shuningdek, a’zo-davlatlar o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirishga yo‘naltirdi.

 2017  yildan Prezident Sh.M. Mirziyoyev rahbarligi ostida O‘zbekiston SHHT doirasida hamkorlikni tashabbuskorlik bilan rivojlantirishga kirishdi. So‘nggi 7 yil ichida mamlakatimiz rahbari xavfsizlik, sanoat va texnologik kooperatsiya, o‘zaro transport-logistika aloqasi, innovatsiyalar, raqamli hamda «yashil» rivojlanish, turizm, ta’lim va boshqa sohalardagi ham- korlikni rivojlantirishga qaratilgan 70 ga yaqin muhim tashabbuslarni ilgari surdi.

Bugungi kunda ushbu tashabbuslar SHHTning dasturiy va konseptual hujjatlarida, ko‘p tomonlama hamkorlikning yangi mexanizmlari ko‘rinishida izchil amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston SHHT xalqaro hamkorlik uchun ochiq bo‘lgan inklyuziv maydon bo‘lib qolishi, siyosiy qarama- qarshilikni  istisno qilishi  va «Shanxay ruhi» tamoyillariga sodiq qolishi kerak, degan pozitsiyaga amal qiladi.

Mamlakatimiz barcha ishtirokchilarning manfaatlariga javob beradigan muhim yo‘nalishlarda amaliy hamkorlikni rivojlantirish orqali SHHTning salohiyatini namoyon qilishdan manfaatdor.

Birinchidan–SHHT makonida xavf sizlik va barqarorlikni ta’min- lash. Zamonaviy xalqaro munosabatlar qarama-qarshiliklarning kuchayishi va mamlakatlar o‘rtasidagi ishonchning pasayishi bilan tavsiflanadi. Dunyoda hali hanuz keskinlik o‘choqlari va qurolli to‘qnashuvlar saqlanib qolmoqda. Stokgolm instituti ma’lumotlariga ko‘ra, 56 ta faol mojaro mavjud bo‘lib, shulardan 7 tasi SHHT manfaatlariga o‘zi ta’sirini ko‘rsatadi.

Afg‘oniston, Suriya, Iroq va Yaqin Sharqning boshqa mamlakatlarida faoliyat yuritayotgan xalqaro terroristik tashkilotlar mintaqadagi vaziyatni beqaror- lashtirishga intilib, katta xavf tug‘dirmoqda.

SHHT   doirasida  xavfsizlik masalalari bo‘yicha xatti-harakatlarni muvofiqlashtirish uchun xavfsizlik kengashlari, mudofaa vazirlari, ichki ishlar vazirlarining muntazam yig‘ilishlari va ekspertlik forumlari kabi hamkorlik mexanizmlari joriy etilgan. SHHTning Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi (MATT) vakolatli organlarga terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarshi kurashda o‘zaro hamkorlik qilishga yordam beradi. So‘nggi ikki yil ichida maxsus xizmatlar 69 ta teraktning oldini oldi, terrorchilarning 73 ta boshlang‘ich guruhini aniqladi va 13 000 dan ortiq moliyalashtirish kanallarini fosh etdi.

Shunga qaramay, zamonaviy tahdidlar ilg‘or texnologiyalarni joriy etish va maxsus xizmatlar o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish orqali aksilterror tuzilmalarining samaradorligini oshirishni talab qiladi. Terrorchilarning raqamli texnologiyalardan foydalanishiga qarshi kurashish  muhim  yo‘nalish sanaladi. Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish to‘g‘risidagi hamkorlik Bitimini va SHHT makonida ekstremistik mafkuraga qarshi Qo‘shma dasturni qabul qilishni tezlashtirish maqsadga muvofiqdir.

Afg‘onistondagi vaziyatga alohida e’tibor qaratilmoqda, chunki u yerda xavfsizlik va tinchlikni ta’minlash butun mintaqaning barqarorligi va farovonligi uchun g‘oyatda muhimdir. Afg‘oniston qurolli mojarolar, qashshoqlik va iqlim o‘zgarishi natijasida yuzaga kelgan ulkan gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy inqirozni boshdan kechirmoqda. BMTTD ma’lumotlariga ko‘ra, aholining qariyb 85 foizi qashshoqlik chegarasidan pastda yashaydi va oilalarning 93 foizi oziq-ovqat tanqisligiga duch kelmoqda. 

SHHTga a’zo-davlatlar Afg‘onis- tonning eng yaqin qo‘shnilari sifatida vaziyatni         barqarorlashtirishga yordam berishi mumkin. Bunda «SHHT– Afg‘oniston» aloqa guruhi ishining qayta tiklanishi va Afg‘oniston gumanitar yordam jamg‘armasining tashkil etilishi muhim rol o‘ynaydi.

Ikkinchidan–iqtisodiy o‘lchov va transport-logistika o‘zaro bog‘liqligida strategik yutuqqa erishish.

SHHTning iqtisodiy qiymati uning o‘zini o‘zi ta’minlashi bilan ortadi: uning makonida sanoat va innovatsiyaviy rivojlanish bo‘yicha yetakchi, muhim tabiiy xom ashyo va inson salohiyatiga ega bo‘lgan jadal rivojlanayotgan iqtisodiyot mavjud.

SHHTga a’zo-davlatlarning YAIM jahon YAIMning qariyb 25 foizini (23 trln. doll.) tashkil etadi va 2030 yilga kelib 35-40 foizgacha o‘sishi prognoz qilinmoqda. Mintaqada dunyo aholisining 40 foizdan ortig‘i – 3,2 mlrd. kishi istiqomat qiladi. SHHT mamlakatlari dunyodagi neft zaxiralarining taxminan 22 foiziga (345 mlrd. barrel) va tabiiy gaz zaxiralarining 35 foiziga (90 trln. kubometr) ega.

Iqtisodiy hamkorlikni rivoj- lantirish maqsadida «SHHT a’zo- davlatlarining 2035 yilgacha davrga mo‘ljallangan ko‘p tomonlama savdo- iqtisodiy dasturi», «Mintaqalararo savdoni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma harakatlar rejasi», «SHHT doirasida sanoat kooperatsiyasini rag‘batlantirish dasturi», «SHHTning 2030 yilgacha iqtisodiy rivojlanish strategiyasi» va h.k.lar kabi asosiy hujjatlar qabul qilindi va amalga oshirilmoqda.

Toshkentning sanoat kooperatsiyasi markazlari, maxsus iqtisodiy zonalar alyansi, yangi iqtisodiy muloqot dasturlari, savdo tartib- taomillarini soddalashtirish bo‘yicha bitim va elektron tijoratda hamkorlik dasturlarini yaratish tashabbuslari savdo-sarmoyaviy hamda sanoat-texnologik kooperatsiya uchun qo‘shimcha rag‘bat bo‘lib xizmat qilmoqda.

O‘zbekiston Sharq–G‘arb va Shimol–Janub yo‘nalishlarida inklyuziv transport tizimlarini shakllantirish, dengiz portlari hamda tashqi bozorlarga chiqish uchun ko‘p variantli transport yo‘laklarini yaratish tarafdori bo‘lgani holda transport va logistika rivojiga alohida ahamiyat qaratmoqda.

«O‘zaro bog‘liqlikni rivoj- lantirish va samarali transport yo‘laklarini yaratish bo‘yicha konsepsiyasi»ni amalga oshirish, «SHHT davlatlarining transport o‘zaro bog‘liqligining yagona xaritasi»ni ishlab chiqish, shuningdek, temir yo‘l yo‘laklari loyihalarini ilgari surish («Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston», «Termiz–Mozori-Sharif» – Qobul–Peshovar») transport-logistika o‘zaro bog‘liqligini mustahkamlashda muhim qadam bo‘ladi.

O‘zbekiston Prezidentining BMT shafeligida  Toshkentda  intaqalararo o‘zaro bog‘liqlik markazini tashkil etish to‘g‘risidagi tashabbusi transmintaqaviy         integratsiyalashgan transport-logistika tizimini rivojlantirishga yangi turtki beradi. Uchinchidan – iqlim o‘zgarishi ta’siriga qarshi birgalikda kurashni kuchaytirish.

SHHTning barcha mamlakatlari iqlim o‘zgarishining salbiy ta’siriga u yoki bu darajada duch kelishmoqda. Markaziy Osiyo – iqlim o‘zgarishi allaqachon ekologik vaziyatga, suv resurslariga va iqtisodiy rivojlanishga jiddiy ta’sir ko‘rsatadigan eng zaif mintaqalardan biri.

So‘nggi 30 yil ichida mintaqadagi harorat Selsiy bo‘yicha 1,5 darajaga oshdi, bu – dunyo o‘rtacha ko‘rsatkichidan ikki baravar tez (0,7 daraja). Bu yerlarning keskin degradatsiyasiga, muzliklarning jadal erishiga (ularning hajmi 30-50 yil ichida 30% ga kamaydi) va suv tanqisligining oshishiga olib keldi. Jahon bankining hisob-kitoblariga ko‘ra, bu omillar mintaqadagi ekinlar hosildorligini 30 foizga kamaytirishi mumkin.

O‘zbekiston iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashga salmoqli hissa qo‘shmoqda va bu boradagi hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha qator tashabbuslarni ilgari surmoqda.

2019 yilda Bishkekda bo‘lib o‘tgan SHHT sammitida O‘zbekiston Prezidenti zamonaviy resurslarni tejaydigan va ekologik toza texnologiyalarni joriy etish uchun SHHTning «Yashil kamar» dasturini, shuningdek, «aqlli» qishloq xo‘jaligi va agroinnovatsiyalar sohasidagi o‘zaro hamkorlik konsepsiyasini qabul qilishni taklif etdi.

2022 yildagi SHHTning Samarqand sammitida siyosatchilar, olimlar, ekologlar va biznes- hamjamiyat ishtirokida iqlim o‘zgarishiga moslashish bo‘yicha qo‘shma harakatlarni ishlab chiqish uchun SHHT Iqlim kengashini tashkil etish g‘oyasi ilgari surildi.

2023 yilda Nyu-Dehlida bo‘lib o‘tgan sammitda O‘zbekiston Prezidenti SHHTning «Yashil kamar» dasturi doirasida atrof-muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlik sohasida ko‘p tomonlama hamkorlik samaradorligini oshiradigan mintaqaviy ekologik loyihalarni ilgari surish va «yashil» texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha qo‘shma harakatlar Rejasini qabul qilishni taklif etdi.

To‘rtinchidan – madaniy-gumanitar hamkorlikni chuqurlashtirish.

O‘zbekiston SHHT mamlakatlari xalqlari o‘rtasida o‘zaro anglashuv, ishonch, yaxshi qo‘shnichilik va do‘stlikni mustahkamlashga xizmat qiluvchi madaniy-gumanitar sohadagi hamkorlikni kengaytirishning faol tarafdori sanaladi.

Toshkent SHHT «ko‘p millatli oila»sining boy tarixiy merosi, an’analari va madaniyati bilan tanishtirishga qaratilgan festivallar, forumlar, simpoziumlar, ko‘rgazmalar, madaniyat kunlari va boshqa tadbirlarni o‘tkazishni qo‘llab-quvvatlaydi.

So‘nggi yillarda O‘zbekiston tomonidan madaniyat, ta’lim, turizm, sog‘liqni saqlash, sport sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish hamda yosh avlod o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash bo‘yicha tashabbuslar ilgari surildi.

Qo‘shma ko‘rgazmalar, konsertlar, teatr gastrollari, forumlar, kino- festivallar va taqdimotlarni, shu jumladan elektron platformalardan foydalanishni o‘z ichiga olgan intensiv madaniy almashinuvning yillik taqvim dasturi taklif etildi. Bu SHHT mamlakatlari o‘rtasida madaniyatlararo muloqotni kengaytirish, do‘stona munosabatlar va xalq diplomatiyasini mustahkamlashga xizmat qiladi.

SHHT aholisining 55 foizdan ortig‘ini yoshlar tashkil etishini hisobga olgan holda, Toshkent «SHHT–ilg‘or g‘oyalar va kelajak tashabbuslari makoni» mavzusida yoshlar o‘rtasida muloqot almashinuvini kengaytirish bo‘yicha tadbirlar dasturini boshladi.

Shuningdek, sayyohlikni kengaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. SHHT makoni dunyo aholisining 40% dan ortig‘ini qamrab olgan va ulkan sayyohlik salohiyatiga ega.

SHHTga a’zo davlatlar, kuzatuvchilar va sheriklarning madaniy merosi sayyohlik uchun muhim bo‘lgan va turli mamlakatlardan sayyohlarni jalb qiladigan 207 ta YUNESKOning Jahon merosi ob’ektini o‘z ichiga oladi.

Turizm salohiyatini ochib berish uchun turizm idoralari, turoperatorlar, aviakompaniyalar va turizm sohasidagi ta’lim muassasalari o‘rtasidagi aloqalarni kengaytirish orqali yuqori sifatli va arzon umummintaqaviy sayyohlik mahsulotlarini ishlab chiqish taklif etilmoqda.

Gastronomik, sog‘lomlashtirish, ziyorat, ekoturizm, etnoturizm, agroturizm va turizmning boshqa mashhur turlarini birgalikda rivojlantirish imkoniyati ko‘rib chiqilmoqda.

Umuman olganda, O‘zbekiston o‘zini SHHTning mas’uliyatli, tashab buskor va konstruktiv ishtirokchisi sifatida namoyon etib, xavfsizlik va iqtisodiy o‘zaro bog‘liqlikdan tortib, ekologik kun tartibi va gumanitar hamkorlikkacha bo‘lgan barcha darajalarda Tashkilotni rivojlantirishga katta hissa qo‘shmoqda.

O‘zbekistonning SHHTdagi faoliyati «Shanxay ruhi» tamoyillarini amalga oshirishga qaratilgan bo‘lib, mamlakat tashabbuslarini ilgari surish esa, SHHT makonidagi ko‘p qirrali sheriklikni kengaytirish va chuqurlashtirishga yordam beradi.

Baxtiyor Mustafayev

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori o‘rinbosari