Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston va Saudiya tashqi ishlar vazirlari uchrashdi
14:48 / 2024-04-15

Xorij matbuoti O‘zbekiston haqida

Saudiya Arabistoni Podshohligi axborot agentligi – SPA O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov va Saudiya Arabistoni Podshohligi tashqi ishlar vaziri, shahzoda Faysal bin Farxon Ol Saud bilan uchrashganini yoritdi

Maqolada Toshkent shahrida “Markaziy Osiyo – Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi” Strategik muloqoti tashqi ishlar vazirlarining ikkinchi uchrashuvi doirasida bo‘lib o‘tgan tashqi siyosat idoralari rahbarlari uchrashuvida diplomatik va maxsus pasport egalarini o‘zaro qisqa muddatli viza talablaridan ozod etish to‘g‘risidagi hukumatlararo bitim imzolangani e’tirof etilgan. 

Muzokara chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi bilan Saudiya Arabistoni Podshohligi o‘rtasida ko‘p qirrali hamkorlik va keng qamrovli sheriklik munosabatlarini amaliy boyitishga alohida e’tibor qaratildi. 

Shundan so‘ng tomonlar rasmiy muhokama sessiyasini o‘tkazdi, unda ikki tomonlama munosabatlar va ko‘plab sohalarda qo‘shma hamkorlikni kengaytirish yo‘llari ko‘rib chiqildi, shuningdek, umumiy manfaatdor masalalar bo‘yicha ikki va ko‘p tomonlama muvofiqlashtirishni faollashtirish muhokama qilindi. 

Shuningdek, uchrashuvda Saudiyaning O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Yusuf bin Solih Al-Gahra Al-Utaybiy va vazir maslahatchisi Muhammad Al-Yahyo ham ishtirok etdi. 

 

Muharrama Pirmatova, O‘zA