Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasida qishloq xo‘jaligi hamda veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish sohalarida hamkorlik qilish to‘g‘risida memorandumlar imzolanadi
12:00 / 2022-08-14

Ar-Riyodda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Sirojiddin Berdiqulov, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Qahramon Yo‘ldoshevlarning Saudiya Arabistoni atrof-muhit, suv resurslari va qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosarlari Mansur Al-Mushayti va Sulaymon Alxatib bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, deya xabar beradi «Dunyo» axborot agentligi.

Xabar berilishicha, tomonlar qishloq xo‘jaligi sohasida hamkorlik qilish masalalari, jumladan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining o‘zaro savdosini kengaytirish istiqbollarini muhokama qildi.

Uchrashuvda qishloq xo‘jaligi, veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish sohasida hamkorlik qilish to‘g‘risidagi memorandumlarni imzolash muhimligi va tomonlar bunga tayyor ekanliklari qayd etilib, mamlakatlar o‘rtasida qishloq xo‘jaligi, chorvachilik va boshqa mahsulotlar savdosini kengaytirish uchun agro sohasida hamkorlikni chuqurlashtirish borasida kelishuvga erishildi.

Tomonlar memorandumlar imzolangach, hamkorlik va qo‘shma loyihalarni rivojlantirishga oid aniq chora-tadbirlar va yo‘nalishlarni o‘z ichiga oluvchi «yo‘l xaritalari»ni tayyorlashga kelishib oldi.

Saudiya tomoni O‘zbekiston delegatsiyasini tomonlarning yirik qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va eksportchi kompaniyalari o‘rtasida kooperatsiyani kengaytirish maqsadida oktyabr oyi oxirida Ar-riyod shahrida bo‘lib o‘tadigan agrosanoat kompleksining eng yirik ko‘rgazmasida ishtirok etishga taklif qildi.