O‘zbekiston va Ruminiya o‘rtasida o‘rnatilgan diplomatiya munosabatining 30 yilligiga bag‘ishlangan rassomlik va installyatsiya ko‘rgazmasi ochildi.
Ushbu mamlakatning Toshkentdagi elchixonasi O‘zAga xabar berishicha, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi hamda Kamoliddin Behzod nomli Milliy rassomlik va dizayn instituti hamkorligida tashkil etilgan namoyishga 33 kartina va 4 installyatsiyadan iborat asarlar to‘plami qo‘yilgan. Tadbirda elchixonalar, diplomatik korpus vakillari so‘zga chiqdi. Favqulodda va muxtor elchi Daniel Kristian Chobanu ikki tomonlama aloqa barcha sohalarda jadal rivojlanayotganini qayd etdi.

Ruminiya kompaniyalarining O‘zbekiston iqtisodiy salohiyatiga qiziqishi ortib boryapti, o‘zaro savdo hajmi o‘smoqda.
Eslatib o‘tamiz, ikki davlat diplomatik munosabati 1995 yil 6 oktyabrda o‘rnatilgan. Yubiley munosabati bilan Ruminiya tashqi ishlar vaziri Oana Soyu va mamlakatimiz tashqi siyosat idorasi rahbari Baxtiyor Saidov tabrik xatlarini almashdi.


B.Xudoyberdiyev, O‘zA