Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston va Rossiya: Strategik sheriklik va parlamentlararo muloqot yanada mustahkamlanadi
15:02 / 2025-12-02

O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi strategik sheriklik izchil mustahkamlanib bormoqda. Ikki davlat prezidentlari o‘rtasidagi muntazam muloqot hamkorlikning barcha yo‘nalishlarida yangi bosqichga chiqmoqda.

Bu Oliy Majlis Senati Raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev va Rossiya Federatsiyasi Federal majlisi federatsiya kengashidagi qo‘mita raisi Andrey Shevchenko uchrashuvida qayd etildi. 

Mintaqalararo aloqalarning faollashuvi ikki tomonlama munosabatlarni amaliy mazmun bilan boyitayotgani alohida qayd etildi.

Uchrashuvda ikki davlatning samarali parlamentlararo muloqotining hozirgi darajasi yuksak baholandi. Jumladan, joriy yilda Qozon shahrida Senat va Federal Majlis o‘rtasidagi hamkorlik bo‘yicha komissiyaning o‘ninchi majlisi o‘tkazilib, ta’lim, raqamlashtirish, mehnat migrantlari huquqlarini himoya qilish, turizm, aviaqatnovlar va yoshlar siyosati bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishilgani e’tirof etildi.

Ikki davlat o‘rtasida madaniy-gumanitar aloqalar ham tobora rivojlanib bormoqda. 2024 yilda Moskvada o‘tkazilgan “O‘zbekiston madaniyati kunlari”, Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 80 yilligi munosabati bilan O‘zbekistonda amalga oshirilgan keng ko‘lamli tadbirlar hamda turizm sohasidagi ijobiy dinamika buni yaqqol tasdiqlashi qayd etildi.

Uchrashuv yakunida O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi strategik sheriklik va parlamentlararo muloqotni yanada mustahkamlashga kelishib olindi.

N.Abduraimova,

O‘zA