Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida sayyohlik aloqalari mustahkamlanmoqda
20:46 / 2022-05-18

Bugun poytaxtimizda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi va Markaziy Osiyoning “Dolores Travel Group” yetakchi turoperatori va Rossiyaning yirik «Roza Xutor» tog‘li kurorti vakillari tomonidan joriy yilgi yozgi mavsumi yuzasidan hamkorlik aloqalari haqida ma’lumot berildi.

“Dolores Travel Group” turoperatori bosh direktori Farhod Rasulev, «Roza Xutor» tog‘ kurortining xalqaro aloqalar va turizmni rivojlantirish bo‘yicha bosh direktori o‘rinbosari Sergey Xvorostyaniy va boshqalar ikki davlat o‘rtasida o‘zaro hamkorlik sayyohlik sohasi rivojida muhim ahamiyat kasb etishini qayd etdi. Unda joriy yil yoz mavsumida o‘zbekistonlik sayyohlarning Sochi shahridagi tog‘ klasteri va Qora dengiz sohillarida yozgi ta’tillarini tashkil etish bo‘yicha o‘zaro hamkorlik yuzasidan kelishib olindi.

Ma’lumki, joriy yilning mart oyida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari – turizm va madaniy meros vaziri A.Abduhakimov va Rossiya Federatsiyasi Bosh vaziri Dmitriy Chernishenko mamlakatlar o‘rtasida sayyohlik oqimining ortishi uchun shart-sharoitlar yaratishni ko‘zda tutuvchi 20 banddan iborat chora-tadbirlar rejasini imzolagan edi. «Roza Xutor» va Dolores Travel” kompaniyasi o‘rtasidagi hamkorlik turpaketlari ushbu rejalarning dastlabki ijrosidir.

Mazkur tadbir shunday ishlar davomi bo‘lib, unda Rossiyaning «Roza Xutor» tog‘li kurorti tomonidan Sochi tog‘laridagi yozgi dam olish dasturi namoyish etildi.

– Biz o‘zbekistonlik sayyohlarning dasturlarimizga katta qiziqish bildirishiga ishonamiz, – dedi «Roza Xutor» tog‘ kurortining xalqaro aloqalar va turizmni rivojlantirish bo‘yicha bosh direktori o‘rinbosari Sergey Xvorostyaniy. – Rossiyaning Qora dengiz kurortlari O‘zbekiston aholisiga juda yaxshi tanish. Endilikda «Roza Xutor» tog‘ klasterida ham juda ajoyib to‘plamli takliflar bilan qulay dam olish imkoniyati mavjud. «O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasi yaqindagina Toshkentdan Sochiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reysni yo‘lga qo‘ygani juda ham muhimdir. Bu sayohatni yanada qulay va foydali bo‘lishiga yordam beradi.

Ta’kidlanganidek, 2022 yil yozgi mavsumida «Roza Xutor» tog‘li kurorti “Dolores Travel Group” turoperatori bilan birgalikda O‘zbekistondan kelgan sayyohlar uchun yangi to‘plamdagi turlarni yo‘lga qo‘yadi. Xususan, «Roza Xutorda yozgi xordiq» paketida transferlar, 30 foizgacha bo‘lgan imtiyozli xizmatlarni o‘z ichiga oladi. «Roza Xutor»da yozgi mavsum rasman 29 aprelda boshlandi. Bu yilda u yozgi tog‘larning hayratlanarli jozibasi, tabiat bilan uyg‘unlashuv va energetik qayta tiklanish imkoniyatini ifodalovchi «Tog‘lar senda aks etadi» shiori ostida o‘tkazilmoqda. Mehmonlarga kattalar va bolalar uchun keng ko‘lamli tadbirlarni o‘zi ichiga olgan turli xildagi to‘laqonli xordiq dasturi taklif etiladi.

– Qora dengiz va Kavkaz tog‘larida dam olishga mamlakatimiz sayyohlari tomonidan talab doimo katta bo‘lgan. Keksa avlod vakillari Sochidagi xordiqlarga nostalgik ruhda qarashadi. Yoshlar esa o‘zlari uchun yaqin bo‘lgan muhitda yangi imkoniyatlar ochishga doim tayyor. Boy tabiat, zamonaviy o‘yin-kulgi va o‘xshash mentalitet – muvaffaqiyatga ishonish uchun imkon beradigan qulaylik deyish mumkin. Eng muhimi, ikki davlat o‘rtasida hamkorlik sayyohlar oqimini yanada oshirayotgani quvonarlidir, – dedi Toshkentdagi “Dolores Travel Group” turoperatori bosh direktori Farhod Rasulev.

Tadbir yakunida tomonlar o‘rtasidagi kelgusi aloqalarni mustahkamlash yo‘lidagi rejalar ham muhokama etildi.

Nasiba ZIYODULLAEVA, O‘zA muxbiri