Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston va Rossiya hukumatlari o‘rtasida imzolangan bitim yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi
13:35 / 2021-07-28

2017 yil 5 aprelda imzolangan “O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Rossiya Federatsiyasi Hukumati o‘rtasida Rossiya Federatsiyasi hududida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini tashkiliy asosda qabul qilish va jalb etish to‘g‘risidagi Bitim”ni amalga oshirish bo‘yicha Ishchi guruhining 7-yig‘ilishi videokonferensaloqa shaklida bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbir doirasida ishchi guruhi tomonidan hamkorlikning keyingi istiqboli hamda COVID-19 pandemiyasi sharoitida Rossiya Federatsiyasida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun O‘zbekiston fuqarolarini tashkiliy asosda qabul qilish va jalb etish mexanizmini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasi hajmi o‘tgan yillarga nisbatan sezilarli darajada ortganligi qayd etildi. Jumladan, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan 2020 yilda 7,8 mingdan ziyod, 2021 yil 27 iyul holatiga ko‘ra, 23 mingdan ziyod yurtdoshlarimiz Rossiyada vaqinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun tashkillashtirilgan holda yuborilgan.