Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston va Rossiya energetika sohasida hamkorlikni mustahkamlaydi
08:10 / 2025-10-17

Ayni kunlarda Moskva shahrida “Rossiya energetika haftaligi – 2025” nomli xalqaro forum o‘tkazilmoqda.

Forumda davlat va hukumat rahbarlari, xalqaro ekspertlar hamda yetakchi energetika kompaniyalari ishtirok etmoqda.

Qayd etilganidek, ushbu haftalik jahon energetika sohasida nufuzli va yirik platformalardan biridir.

Forum doirasida O‘zbekiston energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov Rossiya Hukumati Raisi o‘rinbosari Aleksandr Novak bilan uchrashdi. 

Suhbat davomida neft-gaz va elektr energetika sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, investitsiya loyihalarini amalga oshirish va sohadagi muhim masalalar muhokama qilindi.

Davlat rahbarlari Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putinning yaqinda bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida strategik sheriklikni rivojlantirish va hamkorlikni mustahkamlash masalalari alohida  ta’kidlandi. 

Uchrashuv yakunida tomonlar mazkur yo‘nalishda belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida bajarish bo‘yicha kelishuvga erishdi.

N.Ziyodullayeva tayyorladi, O‘zA