Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston va Qozog‘iston tashqi ishlar vazirlari Xivada uchrashdi
12:44 / 2025-03-21

Qozog‘iston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – tashqi ishlar vaziri Murat Nurtleu boshchiligidagi delegatsiya Xorazm viloyatiga tashrif buyurdi.

Yuqori martabali mehmonlarni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov kutib oldi.  

Xiva shahrida O‘zbekiston Respublikasi hamda Qozog‘iston Respublikasi tashqi ishlar vazirlari Kengashining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.  

[gallery-22388]

–  Biz qadimiy Xiva shahrida hamkasbim, Qozog‘iston Bosh vazirining o‘rinbosari– tashqi ishlar vaziri Murat Nurtleu janoblarini kutib olishdan mamnunmiz,– dedi O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov. –  Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ittifoqchilik, strategik sheriklik va ko‘p asrlik do‘stlik rishtalarini yuksak qadrlaymiz. Bugun biz ikki mamlakat tashqi ishlar vazirlari Kengashining birinchi yig‘ilishi bayonnomasini imzoladik. Bu siyosiy muloqotimizni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va xalqlar o‘rtasidagi aloqalarni chuqurlashtirish yo‘lidagi navbatdagi qadamdir. Qardosh davlatlarimiz o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan konstruktiv va samarali muhokamalar o‘tkazdik.

Tashrif doirasidagi rasmiy tadbirlar yakunlangach, delegatsiya a’zolari qadimgi Xivaning Ichan-qal’a majmuasi tarixiy obidalari va Nurillaboy saroyini ziyorat qildi.

Xiva tarixi va uning fan rivojiga qo‘shgan hissasi, shuningdek, hududning boy madaniyati va san’ati  qozog‘istonlik mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.

Ahmadjon Shokirov, Behzod Saidov (surat), O‘zA muxbirlari