Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston va Qozog‘iston savdo aylanmasi 3,8 milliard dollardan oshdi
20:13 / 2024-12-25

Joriy yil o‘n bir oyi yakuniga ko‘ra, Qozog‘iston O‘zbekistonning uch asosiy savdo hamkorlaridan biri sifatida e’tirof etilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Statistika agentligi ma’lumotiga ko‘ra, 2024 yil yanvar-noyabr oylarida mamlakatimiz tashqi savdosi qiymati 59,4 milliard dollarni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 3,6 foiz o‘sdi.

Qayd etish kerak, bugungi kunda O‘zbekiston 195 davlat bilan iqtisodiy aloqalarni yo‘lga qo‘ygan. Savdo aylanmasi bo‘yicha Xitoy (19 foiz), Rossiya (18 foiz), Qozog‘iston (6,5 foiz), Turkiya (4,4 foiz) va Koreya Respublikasi (3 foiz) yetakchilik qilmoqda.

Xususan, Qozog‘istonga 1,3 milliard dollarlik mahsulot eksport qilingan, ushbu qardosh davlatdan import miqdori esa 2,5 milliard dollarga teng.

Mutaxassislar fikricha, bu qo‘shni mamlakat yirik tashqi iqtisodiy hamkorlarimizdan biriga aylanishi umumiy chegara mavjudligi bilan bog‘liq. Shuningdek, MDH erkin savdo zonasi hamda o‘zaro iqtisodiy munosabatlar liberallashuvi ham bu boradagi ijobiy o‘sishni ta’minlamoqda.

G.Sattorova, O‘zA