Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlari amaliy hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qildilar
19:42 / 2022-10-27

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” sammiti doirasida Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan uchrashdi.

O‘zbekiston-Qozog‘iston yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi.

Ikki tomonlama hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarida amaliy aloqalarni kengaytirish zarurligi qayd etildi.

Tovar ayirboshlashni ko‘paytirish, sanoat, energetika, transport va logistika, qishloq xo‘jaligi sohalarida, iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida investitsiya loyihalarini amalga oshirish istiqbollariga alohida e’tibor qaratildi.

Mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik masalalar yuzasidan ham fikr almashildi. 11 noyabr kuni Samarqand shahrida o‘tkaziladigan Turkiy davlatlar tashkiloti sammitining kun tartibi muhokama qilindi.