Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari ko‘rib chiqildi
12:05 / 2022-10-28

O‘zbekiston Hukumat delegatsiyasining Qozog‘istonga tashrifi doirasida Bosh vazir o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xo‘jayev Ostona shahrida Qozog‘iston hukumat a’zolari hamda asosiy vazirlik va idoralar rahbarlari bilan bir qator uchrashuvlar o‘tkazdi.

Qozog‘iston Respublikasi Bosh vaziri Alixan Smailov bilan uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi. Qozog‘iston tomoni ikki davlat rahbarlari o‘rtasidagi muntazam muloqotlarning ishonchli xususiyatini, bu ikki davlat o‘rtasidagi barcha darajadagi ikki tomonlama strategik munosabatlar uchun mustahkam poydevor ekanligini ta’kidladi. Suhbat chog‘ida o‘zaro sheriklikning barcha yo‘nalishlari bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishga sodiqlik bildirildi.  

Qozog‘iston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Roman Sklyar bilan energetika, mashinasozlik, to‘qimachilik tarmog‘i, sanoat kooperatsiyasi, tog‘-kon sanoati, transchegaraviy suv havzalarini birgalikda boshqarish va ulardan foydalanish sohalarida qo‘shma investitsiya loyihalarini ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi.

Xalqaro sanoat kooperatsiyasi markazini (XSKM) tashkil etish, shuningdek, qo‘shma investitsiya loyihalarini, jumladan, Qozog‘iston Respublikasiga yuqori darajadagi tashrif yakunlari bo‘yicha “yo‘l xaritasi” bilan tasdiqlangan umumiy qiymati 3,3 milliard dollarlik 34 ta loyiha va 37 ta yangi 2,5 milliard dollarlik loyihalar amalga oshirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi. Tasdiqlangan tarmoq jadvallari asosida loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslarini tayyorlash va kelgusida hayotga joriy qilish, shuningdek, istiqbolli investitsiya loyihalarini XSKM hududida joylashtirish yuzasidan ishlarni faollashtirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Bosh vazir o‘rinbosari – savdo va integratsiya vaziri Serik Jumangarin bilan suhbatda o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish, transchegaraviy va mintaqaviy transport-logistika yo‘laklarini kengaytirish bo‘yicha aniq amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish istiqbollari ko‘rib chiqildi. O‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchilarning Qozog‘istondagi davlat xaridlarida ishtirok etishi, shuningdek, ikki mamlakat eksportyorlari tomonidan go‘sht va go‘sht mahsulotlarini o‘zaro yetkazib berishni soddalashtirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni qabul qilish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Uchrashuvlar yakunida muhokama etilgan loyiha va tashabbuslarni jadal amalga oshirish doirasida mas’ul vazirlik va idoralar rahbarlariga tegishli topshiriqlar berildi.

 

O‘zA