O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida kosmik hamkorlik mustahkamlanmoqda
Kelajakni kosmosda ko‘rish – bu nafaqat ilmiy-tadqiqot, balki davlatlar o‘rtasida hamkorlik uchun ham yangi imkoniyatlar ochadi. Shu munosabat bilan “O‘zbekkosmos” agentligi va Qozog‘iston Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari hamda kosmik sohadagi aloqalarni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, “O‘zbekkosmos” agentligi va Qozog‘iston Respublikasining Sun’iy intellekt va raqamli rivojlanish vazirligi huzuridagi Aerokosmik qo‘mita o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha qadamlar ham ko‘rib chiqildi.

7-9-sentabr kunlari Ostona shahrida bo‘lib o‘tadigan “Space Days Kazakhstan” tadbirida ishtirok etish uchun “O‘zbekkosmos” delegatsiyasi taklif etildi.
Uchrashuv davomida “Boyqo‘ng‘ir” kosmodromi maydonida turizm yo‘nalishini rivojlantirish, kosmik ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasida hamkorlikni kengaytirish masalalari ham muhokama qilindi.
Nigora Rahmonova, O‘zA