Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston va Qozog‘iston hamkorligi yanada rivojlanadi
15:33 / 2025-09-12

O‘zbekiston tashqi siyosat idorasi rahbari Baxtiyor Saidovning Qozog‘iston Bosh vaziri o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri Murat Nurtleu bilan telefon orqali muloqoti chog‘ida ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishga oid dolzarb masalalar va ayni yo‘nalish istiqboli muhokama qilindi.

Suhbat chog‘ida oliy darajada erishilgan kelishuvlarni hayotga tatbiq etish diqqat markazida bo‘lgan.

O‘zaro do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik ruhida strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatini har tomonlama mustahkamlashga o‘zaro tayyorlik tasdiqlangan.

Bundan tashqari tomonlar mintaqaviy hamkorlikni chuqurlashtirish va Markaziy Osiyoda barqarorlikni mustahkamlash yo‘lidagi sa’y-harakatni jadallashtirish, shuningdek xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar, jumladan Yaqin Sharqdagi vaziyat bo‘yicha “uyg‘un kuzatuv” muhimligini ma’qullagan.

Vazirlar joriy yil oxirigacha rejalashtirilgan tadbirlarni alohida ko‘rib chiqqan.

G.Sattorova, O‘zA