O‘zbekiston va Qozog‘iston bahsida 7:0 hisobi qayd etildi
FOTOREPORTAJ
Poytaxtimizdagi «Universal Horses Stable» ot sporti klubida chovgon bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda.
Mamlakatimizda ilk bor o‘tkazilayotgan mazkur yirik musobaqada 6 ta davlat sportchilari ishtirok etishyapti. Bugun musobaqaning ikkinchi kunida quyidagi natijalar qayd etildi: O‘zbekiston-Qozog‘iston 7:0, Pokiston-Gonkong 7:0, BAA-Qirg‘iz Respublikasi 5:2.
[gallery-25193]
Ertaga chempionatning final qismi bo‘lib o‘tadi. G‘olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimini kunning ikkinchi yarmida o‘tkazish rejalashtirilgan.
Muhammad AMIN(surat),O‘zA fotomuxbiri