Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston va Qozog‘iston agentliklari anglashuv Memorandumi imzoladilar
17:57 / 2023-03-01

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va “Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti teleradiokompleksi” (sobiq “Kazinform” agentligi) aksiyadorlik jamiyati o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

Hujjatlarni imzolash marosimi onlayn tarzda bo‘lib o‘tdi.  

Memorandumni ikki agentlik bosh direktorlari Abdusaid Ko‘chimov va Raushan Kajibayeva imzoladilar.

Shunday qilib, Memorandum O‘zA va Qozog‘iston mediakompaniyasi o‘rtasida media-kontent almashish, xodimlarning o‘zaro amaliyot o‘tashi, mediamahsulot ishlab chiqarishda bir-birlariga texnik vositalar bilan ko‘maklashish singari imkoniyatlarni yaratadi.  

Bundan tashqari, tomonlar O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi strategik sheriklik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarining taraqqiyotiga hissa qo‘shadilar.

G.Abdullayeva, O‘zA