Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston va Qirg‘iziston savdo hamkorligini mustahkamlamoqda
14:02 / 2025-07-22

Bishkek shahrida mahalliy davlat idoralari vakillari O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida 2024-2030 yillarga mo‘ljallangan o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish bo‘yicha “Harakatlar rejasi”ni amalga oshirish jarayonini muhokama qilishdi. Bu haqda Qirg‘iz Respublikasi Iqtisodiyot va savdo vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Yig‘ilish Qirg‘iziston Iqtisodiyot va savdo vaziri o‘rinbosari Sulton Ahmatov va davlat idoralari vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

“Harakatlar dasturi” o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini bosqichma-bosqich oshirish, to‘siqlarni bartaraf etish va ikki davlat o‘rtasida sanoat kooperatsiyasini rivojlantirishga qaratilgan. 

Majlisda rejani amalga oshirishning joriy natijalari: qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, to‘qimachilik, qurilish materiallari va elektr jihozlari savdosini faollashtirish masalalari muhokama qilindi va yakunda davlat organlariga rejalashtirilgan tadbirlarni amalga oshirishni jadallashtirish, muntazam axborot almashinuvini yo‘lga qo‘yish, qo‘shma tadbirkorlik tashabbuslarini yanada faolroq amalga oshirish va o‘zaro savdo aloqalari jarayonida yuzaga keladigan masalalarni tezkorlik bilan hal etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

M.Pirmatova, O‘zA