Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston va Qirg‘iziston Prezidentlari qo‘shma loyihalarning borishini muhokama qildilar
17:32 / 2025-03-18

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov 18 mart kuni telefon orqali muloqot qildilar.

Yetakchilar yaqinlashib kelayotgan bahor va yangilanish bayrami – Navro‘z munosabati bilan bir-birlarini samimiy qutlab, birodar xalqlarimizga tinchlik-osoyishtalik va farovonlik tiladilar.

Oliy darajadagi kelishuvlarni, eng avvalo, savdo, sanoat kooperatsiyasi, logistika, energetika, qishloq xo‘jaligi, turizm va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda o‘zaro manfaatli hamkorlik loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Transport-tranzit va energetika infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha yirik mintaqaviy loyihalarni jadallashtirish muhimligi qayd etildi.

O‘zbekiston va Qirg‘iziston yetakchilari bo‘lajak oliy darajadagi uch tomonlama uchrashuvga, shuningdek, Samarqand shahrida o‘tkaziladigan "Markaziy Osiyo - YeI" sammiti va Iqlim forumiga tayyorgarlik ko‘rish masalalariga alohida to‘xtaldilar.