O‘zbekiston va Qirg‘iziston dzyudochilar qo‘shma mashg‘ulot o‘tkazdi
Buxoro Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markaziga (OPSTT) Qirg‘iziston Respublikasining Bishkek shahridagi sport kollejidan 1 nafar dzyudo bo‘yicha murabbiy hamda 24 nafar yosh dzyudochilar tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida Buxoro OPSTT markazi dzyudo bo‘limi murabbiylari bilan hamkorlikda qo‘shma mashg‘ulotlar tashkil etildi. Ushbu mashg‘ulotlar yosh sportchilarning tajriba va mahoratini oshirish, o‘zaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash hamda dzyudo sport turini yanada rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

Hozirda Buxoro OPSTT markazi dzyudochilari tomonidan “Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” sport musobaqalarining joriy yil dekabr oyida bo‘lib o‘tadigan navbatdagi bosqichiga tayyorgarlik ishlari jadal davom etmoqda.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA.