Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston va Qirg‘iz Respublikalari o‘rtasida  mahkumlarni topshirishga oid xalqaro hujjat amal qiladi
11:41 / 2025-03-18

Senatning beshinchi yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasi bilan Qirg‘iz Respublikasi o‘rtasida ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarni jazoni o‘tashni davom ettirish uchun topshirish to‘g‘risidagi Shartnomani (Toshkent, 2024 yil 18 iyul) ratifikatsiya qilish haqida”gi qonun ko‘rib chiqildi.

– Shartnomada jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlarni hukmni ijro etish uchun o‘z davlatiga topshirish asoslari, shartlari hamda tartiblari aniq ko‘rsatib o‘tilgan, – dedi Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi a’zosi Jamila Bobonazarova. – Mazkur hujjatda mahkumni topshirish bilan bog‘liq xarajatlar, nizolarni hal qilish, ikki tomonlama aloqa tillari, Shartnomaga o‘zgartirish kiritish hamda uning kuchga kirishi kabi muhim masalalar o‘rin olgan. Shartnomada O‘zbekiston va Qirg‘iziston bosh prokuraturalari tomonlarning markaziy organlari etib belgilangan.

Senator Gulnora Маъруфоvaнинг qayd etishicha, mazkur Shartnomada Tomonlar o‘zaro shartlarga binoan bir-birining so‘rovi bo‘yicha hukm chiqaruvchi Tomon hududida jinoyat sodir etganlik uchun jazoni ijro etish muassasalarida ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazoni o‘tayotgan shaxslarni fuqaroligi bo‘lgan Tomonga o‘tkazish tartiblari belgilanishi ayni muddao bo‘lmoqda. Chunki, jinoyat sodir etish oqibatida ozodlikdan mahrum etilgan chet el fuqarolariga belgilangan jazoni o‘z davlatida o‘tashi uchun imkoniyat yaratilishi ularni qayta tarbiyalash va ijtimoiy moslashtirish jarayonini jadallashtiradi. 

Senator O‘ktamjon Охуновнинг e’tirof etishicha,  Shartnoma insonparvarlik tamoyillariga asoslangan muhim hujjat hisoblanadi. Mazkur hujjatda mahkumni topshirish bilan bog‘liq xarajatlar, nizolarni hal qilish, ikki tomonlama aloqa tillari, shartnomaga o‘zgartirish kiritish hamda kuchga kirishi kabi muhim masalalar o‘rin olgan. 

Senatorlar ma’qullagan qonun mahkumlarning huquqlarini ta’minlashga xizmat qiladi. Ularning oilaviy munosabatlariga ijobiy ta’sir qiladi hamda ijtimoiy hayotga moslashuvini tezlashtiradi. 

Norgul Abduraimova,

Nosir Haydarov (surat),

O‘zA