Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston va Qatar yetakchilari telefon orqali muloqot qildilar
18:19 / 2026-03-04

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 4-mart kuni Qatar Davlati Amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy bilan telefon orqali muloqot qildi.

Suhbat davomida Yaqin Sharqdagi vaziyatning keskinlashuvi va ziddiyatlar mintaqaviy barqarorlik va tinchlikka jiddiy tahdid solayotgani ta’kidlandi. Muqaddas Ramazon oyida musulmon ummati o‘rtasidagi kelishmovchilikni kuchaytiradigan nomaqbul harakatlardan chuqur xavotir ifoda etildi.

Davlat suvereniteti, tinchligi va osoyishtaligiga xavf soluvchi har qanday xatti-harakatlarni zudlik bilan to‘xtatish mintaqa davlatlarining umumiy manfaatlariga xizmat qilishi ta’kidlab o‘tildi.

Shuningdek, O‘zbekiston yetakchisi Qatarda bo‘lib turgan fuqarolarimizning xavfsizligini ta’minlash va ularni Vataniga qaytarish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar hamda yaratilgan sharoit uchun Amir A’lo Hazratlariga chuqur minnatdorlik bildirdi.

O‘z navbatida Qatar Amiri hozirgi sinovli kunlarda O‘zbekiston Prezidentiga do‘stona muloqoti, doimiy ravishda qo‘llab-quvvatlab kelayotgani, bildirgan samimiy birdamlik so‘zlari, ikki tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini rivojlantirishga qaratayotgan katta e’tibori uchun alohida tashakkur izhor etdi.