English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston va Qatar: savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sohalarda hamkorlik loyihalari kengaytiriladi
09:07 / 2025-03-20

Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva Qatar davlatining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Hasan Hamza Asad Muhammad Hoshim bilan uchrashdi.

Muloqot davomida O‘zbekiston va Qatar o‘rtasidagi hamkorlikning bugungi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Xususan, siyosiy, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sohalarda hamkorlik loyihalarini kengaytirish hamda parlamentlararo aloqalarni mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Qatar davlati Maslahat kengashi bilan parlamentlararo do‘stlik guruhini faollashtirish, hududiy kengashlar bilan muloqotlarni yo‘lga qo‘yish yuzasidan fikr almashildi.

Tomonlar poytaxtimizda bo‘lib o‘tadigan Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi doirasida Qatar Maslahat kengashi vakillari bilan samarali muloqotlarni tashkil etishga kelishib oldi.

Uchrashuv yakunida O‘zbekiston va Qatar o‘rtasida keng qamrovli o‘zaro munosabatlarni rivojlantirish muhimligi ta’kidlandi.

N.Abduraimova, O‘zA