Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston va Qatar o‘rtasida yangi loyihalar, maqsadlar va ustuvor yo‘nalishlar belgilab olindi
17:52 / 2025-08-25

Mamlakatimizning ko‘p tomonlama hamkorlik istiqbollari yanada kengayib bormoqda. Jumladan, O‘zbekiston va Qatar o‘rtasidagi aloqalar siyosiy, iqtisodiy va madaniy jihatdan yanada mustahkamlanmoqda. Ikki davlat ijodiy guruhlari xalqaro festival va tanlovlarda faol ishtirok etib, munosib e’tiroflarga loyiq ko‘rilayotgani ham, ayni haqiqat.

Qatar poytaxti Doha shahrida O‘zbekiston-Qatar Muvofiqlashtiruvchi kengashining ilk yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Mazkur muloqotda madaniyat sohasida O‘zbekiston va Qatar o‘rtasidagi ko‘p qirrali sheriklikni yanada rivojlantirishga xizmat qiladigan yangi loyihalar, maqsadlar va ustuvor yo‘nalishlar belgilab olindi. 

«Arab va o‘zbek madaniyati bir biri bilan qadimdan uzviy bog‘liqdir. Mamlakatlarimiz aholisi ko‘p asrlar turli sohalarda hamkorlik qilib, uzviy aloqa bog‘lab kelganlar. Biz buni milliy qadriyat va an’analarimizning o‘zaro o‘xshashligida, aynan mazkur majmua arxitekturasida ham ko‘rib turibmiz. Qatar Davlati Amirining O‘zbekistonga tashrifi doirasida imzolangan «O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Qatar Davlati Hukumati o‘rtasida madaniy hamkorlik to‘g‘risida memorandum» amaliy hamkorligimizning harakatlantiruvchi kuchi sifatida xizmat qilmoqda», dedi.

Muloqotda ishtirok etgan O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Avazxon Tojixonov.
Shuningdek, uchrashuv davomida 2026 yilda Qatarda «O‘zbekiston madaniyati va san’ati kunlari»ni tashkil etish, O‘zbekiston Respublikasi hukumati va Qatar davlati hukumati o‘rtasida madaniyat sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumining 2026-2027 yillarga mo‘ljallangan ijro dasturini imzolash, ikki davlatda o‘tkaziladigan xalqaro tanlov va festivallarda vakillarimizning o‘zaro ishtirokini doimiy ta’minlash kabi takliflar bildirildi. 

Shuningdek, hunarmandchilik va turizm sohalarida uzviy hamkorlikni mustahkamlash, yangi axborot texnologiyalaridan foydalangan holda madaniyat va san’at sohasida o‘zaro malaka oshirish kurslarini tashkil etish kabi masalalarga urg‘u berildi, Madaniyat vazirligi ma’lumotida.

Muloqotdan so‘ng, madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Avazxon Tojixonov hamda Qatar madaniyat vazirining bosh kotibi Ghanem Bin Mubarak Al-Ali o‘rtasida hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

A.RUSTAMOV, O‘zA