Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston va Qatar hamkorlikda yoshlar uchun o‘quv dasturini boshladi
14:30 / 2025-11-10

Namangan viloyatidan 15 nafar yosh mutaxassis Doha ilm-fan va texnologiya universitetida 10 oylik o‘quv dasturini o‘tash uchun Qatarga yetib keldi. O‘qishni muvaffaqiyatli yakunlagandan so‘ng, mutaxassislar Namangandagi O‘zbekiston-Qatar kasb-hunar markazida instruktor sifatida faoliyat yuritadi.

2024 yilda Qatardagi O‘zbekiston elchixonasi tashabbusi bilan ishga tushirilgan mazkur loyiha yoshlarni jahon standartlariga mos kasbiy ko‘nikmalar bilan ta’minlashni maqsad qilgan. Joriy yil mart oyida yurtimizdagi Progressiv islohotlar markazi va Doha ilm-fan va texnologiya universiteti o‘rtasida akademik hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi va u Namangandagi O‘zbekiston-Qatar kasb-hunar markazining asosini yaratdi. 

Markaz payvandlash, santexnika, elektr ishlari va umumiy muhandislik yo‘nalishlari bo‘yicha yiliga ming nafar mutaxassisni tayyorlashni rejalashtirgan. Dastur Doha universitetining yuqori talablariga asoslangan bo‘lib, ishtirokchilarni zarur bilim va ko‘nikmalar bilan ta’minlaydi. O‘quv yig‘ini so‘ngida bitiruvchilarga xalqaro sertifikatlar topshiriladi.

Dastur O‘zbekistonning ishchi kuchi salohiyatini modernizatsiya qilishga, Qatarning esa xalqaro sheriklikni qo‘llab-quvvatlashga bo‘lgan intilishlarini namoyon etadi.

M.Pirmatova, O‘zA