Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston va Pokiston ikki tomonlama idoralararo hamkorlik masalalarini muhokama qildi
10:41 / 2022-02-23

Joriy yilning 22 fevral kuni Islomobod shahrida O‘zbekiston va Pokiston asosiy vazirlik va idoralari rahbarlarining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

 O‘zbekiston delegatsiyasiga Bosh vazir o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov, Pokiston tomoniga esa Bosh vazirning investitsiyalar va savdo masalalari bo‘yicha maslahatchisi Abdul Razzoq Dovud boshchilik qildi.

Uchrashuv investitsiyalar, sanoat, savdo, transport va logistika sohasidagi O‘zbekiston-Pokiston hamkorligining keng ko‘lamli masalalarini atroflicha muhokama qilish va kelishish, kelgusidagi hamkorlik mexanizmlarini ishlab chiqish va yaqin istiqboldagi ustuvor yo‘nalishlarni belgilash imkonini berdi.

Ikki mamlakat vazirliklari, idoralari va tarmoq birlashmalari rahbarlari iqtisodiy sheriklikni yanada kengaytirish uchun foydalanilmagan ulkan salohiyatni qayd etib, qo‘shma investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalar sonini ko‘paytirish, ikki tomonlama savdo hajmini oshirish va ikki davlat o‘rtasida transport aloqalarini mustahkamlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish zarurligini ta’kidladilar. Kimyo, to‘qimachilik, oziq-ovqat va farmatsevtika sanoatida sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish, mavjud savdo to‘siqlarini izchil bartaraf etish va hududlararo munosabatlarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlikning aniq algoritmlari taklif etildi.

Uchrashuv chog‘ida savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Pokiston hukumatlararo komissiyasining bo‘lajak yig‘ilishining kun tartibi ham muhokama qilindi. Tadbir ishtirokchilari hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari bo‘yicha fikr almashdilar hamda qo‘shma loyiha va tashabbuslarni amalga oshirish bo‘yicha qator takliflarni ilgari surdilar. Komissiyaning kelgusidagi yig‘ilishini amaliy mazmun bilan to‘ldirish maqsadida vazirlik va idoralar kesimida hamkorlikni faollashtirishga kelishib olindi.


O‘zA