O‘zbekiston va Paragvay Birinchi xonimlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
Toshkentda o‘tayotgan oliy darajadagi O‘zbekiston-Paragvay muzokaralari doirasida Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva va Paragvay Respublikasining Birinchi xonimi Letisiya Okampos o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Ochiq va samimiy ruhida o‘tgan muloqotda ikki davlat rahbarlarining rafiqalari mamlakatlarimiz o‘rtasida do‘stlik va o‘zaro anglashuvni mustahkamlash, madaniy va gumanitar hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildilar.





Oliy martabali mehmon o‘zbek amaliy san’ati ustalarining ijod namunalari, xalqimizning milliy an’ana va urf-odatlari bilan tanishdi.