O‘zbekiston va Ozarbayjon parlamentlari do‘stlik guruhlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston Respublikasi va Ozarbayjon Respublikasi o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatilganining 30 yilligi munosabati bilan ikki mamlakat parlamentlari do‘stlik guruhlari a’zolarining onlayn shaklda uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Ta’kidlanganidek, ikki davlat rahbarlarining izchil sa’y-harakatlari natijasida O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi hamkorlik strategik sheriklik va ittifoqchilik darajasiga ko‘tarilib, barcha yo‘nalishlarda izchil rivojlanib bormoqda.

Uchrashuvda parlamentlararo muloqot izchil rivojlanayotgani qayd etildi. Parlament nazorati sohasida tajriba almashish, hududiy vakillik organlari bilan faol muloqotni yanada faollashtirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, uchrashuv davomida ikki tomonlama savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, turizm, transport va hududlararo hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari ham ko‘rib chiqildi.
N.Abduraimova, O‘zA