Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida tovar ayirboshlash 1 milliard dollarga yetadi
07:56 / 2023-02-25

Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov Ozarbayjon Respublikasi iqtisodiyot vaziri Mikail Jabborov bilan uchrashdi.

Ikki davlatning tegishli vazirlik, idoralari rahbarlari ham ishtirok etgan tadbirda davlat rahbarlarining o‘zaro ishonchga asoslangan munosabati tufayli O‘zbekiston bilan Ozarbayjon o‘rtasidagi hamkorlik yuksak darajaga chiqib, ijobiy va barqaror rivojlanish sur’ati bilan ajralib turgani qayd etildi.

Muloqot chog‘ida 2022 yil 53 foiz o‘sgan o‘zaro tovar ayirboshlash miqdorini yanada oshirish istiqboli muhokama qilindi. Ko‘zlangan maqsad  ushbu ko‘rsatkichni 1 milliard dollarga yetkazish. Bunga, jumladan, neft-kimyo, oziq-ovqat, to‘qimachilik va farmatsevtika mahsulotlari, ruda va konsentrat, alyuminiy, mexanika va elektrotexnika uskunalari yetkazib berishni ko‘paytirish hisobiga erishish rejalashtirilgan.

Meva-sabzavot, oziq-ovqat, to‘qimachilik, charm-poyabzal mahsulotlari yetkazib berishni tashkil etish, shuningdek, ikki davlatning yirik shaharlarida muntazam savdo va ishbilarmonlik missiyalari, milliy mahsulotlar ko‘rgazmalarini o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Aniq loyihaviy tashabbuslar misolida o‘zaro sanoat kooperatsiyasini kengaytirish imkoniyati ko‘rib chiqildi. Gap yangi loyihalar ishlab chiqishga tizimli yondashish, ya’ni, raqobatdosh ustunlikni hisobga olish, jarayonni birgalikda moliyalashtirish maqsadida O‘zbekiston-Ozarbayjon investitsiya jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish haqida bormoqda. Avtomobilsozlik, paxtachilik va to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish, ipakchilik va boshqa sohalar hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlaridir.

Xuddi shu tartibda transport va logistika sohasida ham qator loyihalar amalga oshirish imkoniyati o‘rganildi. Temir yo‘l orqali yuk tashish va tranzitni ko‘paytirishga qaratilgan rag‘batlantiruvchi choralar ko‘rishga ham kelishildi.

Uchrashuv yakunida Ozarbayjon bilan strategik sheriklikni yanada rivojlantirishga tayyorlik bildirildi.

O‘zA