Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston va Ozarbayjon ikki qardosh xalqdir (+video)
11:22 / 2025-04-25

Buxoroda “O‘zbekiston – Ozarbayjon aloqalari foto hujjatlarda” kitob-albomi”ning taqdimoti va “O‘zbekiston va Ozarbayjon ikki qardosh xalq” mavzusidagi arxiv hujjatlari  ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi, Buxoro viloyati hokimligi, Abu Ali ibn Sino nomidagi viloyat Axborot-kutubxona markazi, Oliy Majlis huzuridagi fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi, viloyat Ozarbayjon milliy madaniy markazi bilan hamkorlikda o‘tkazildi. 

Dastlab, O‘zbekiston va Ozarbayjon  madaniyatini aks ettiruvchi sahna chiqishlar namoyish etildi. “O‘zbekiston va Ozarbayjon ikki qardosh xalq” mavzusidagi arxiv hujjatlari ko‘rgazmasida O‘zbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivi hamda Ozarbayjon Milliy arxivi saqlovida mavjud bo‘lgan 1930-2023 yillar mobaynidagi davrni o‘z ichiga olgan ikki davlatning madaniy-gumanitar munosabatlariga oid 50 dan ziyod  arxiv foto hujjatlar va ularning  ilmiy-ma’lumot tavsiflari taqdim etildi. Ko‘rgazma iqtisodiyot, ilm-fan, madaniyat sohalaridagi hamkorlik, ikki xalqlarning adabiyot va san’at kunlari aks etgan hujjatlar tashrif buyuruvchilarda  alohida taassurot qoldirdi.

Ko‘rgazmadan so‘ng “O‘zbekiston-Ozarbayjon aloqalari foto hujjatlarda” kitob-albomi” taqdimoti o‘tkazildi. Tadbirni “O‘zarxiv” agentligi direktori Ulug‘bek Yusupov ochib berdi. Tadbirda Ozarbayjon Milliy arxiv boshqarmasi boshlig‘i Rasulov Asker Odil o‘g‘li, tarixchi olim Robert Almeyev, Buxoro texnika universiteti dotsenti, siyosiy fanlar nomzodi Feruz Bafoyev so‘zga chiqdi. 

“O‘zbekiston – Ozarbayjon aloqalari arxiv foto hujjatlarida” kitob-albomi”ga O‘zbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivi hamda Ozarbayjon Milliy arxivi saqlovida mavjud bo‘lgan 1930-2023 yillar mobaynidagi davrni o‘z ichiga olgan ikki davlatning madaniy-gumanitar munosabatlariga oid 250 ga yaqin  arxiv foto hujjatlar va ularning  ilmiy-ma’lumot tavsiflari kiritilgan.

O‘tgan davr mobaynida ikki davlatlar arxivlarida saqlanayotgan arxiv foto hujjatlar asosida “O‘zbekiston – Ozarbayjon aloqalari foto hujjatlarda” kitob-albomi” tayyorlandi. Anqara shahrida 2025 yil 29 yanvarda ikki davlat tashqi ishlar vazirlari tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi bilan Ozarbayjon Respublikasi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganligining 30 yilligini nishonlash bo‘yicha Kompleks tadbirlar dasturi” imzolandi. Aynan shu dasturda mazkur kitobning taqdimoti Buxoro va Boku shaharlarida 2025 yilda o‘tkazilishi belgilandi.

[gallery-23003]

Kitob-albomlarning katta bir qismi Ozarbayjon Respublikasi Milliy arxiviga topshirildi.

Tadbirlar doirasida Ozarbayjon Respublikasi Milliy arxiv boshqarmasi Boshqarma raisi Asker Rasulov boshchiligidagi delegatsiya Buxoro shahridagi NNT va Do‘stlik uyida joylashgan Ozarbayjon milliy-madaniy markazi Buxoro viloyati bo‘limiga hamda Buxoro viloyati davlat arxiviga tashrif buyurdi.

– Viloyatda ikki mingdan ortiq Ozarbayjon millatiga mansub aholi yashaydi, – deydi Ozarbayjon milliy-madaniy markazi viloyat bo‘limi rahbari Maral Mamedova. – Biz mana shu zaminda yashayotganimizdan baxtiyormiz. Bizga barcha sharoitlar yaratib berilgan. O‘zbekistonni o‘zimizning ona Vatanimiz deb bilamiz. Darhaqiqat, O‘zbekiston va Ozarbayjon ikki qardosh xalqdir. 

Mehmonlar Buxoro shahridagi madaniy meros ob’ektlarida ham bo‘ldi. Ko‘hna va boqiy Buxoroning tarixiy obidalari va qadamjolarini ziyorat qildi.

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/SAMMIElvIko" title="O‘zbekiston va Ozarbayjon ikki qardosh xalqdir" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Zarif Komilov, Tohirjon Istatov (surat,video), O‘zA muxbirlari.