O‘zbekiston va Ozarbayjon chegara xizmatlari o‘rtasidagi hamkorlik mustahkamlanmoqda
Joriy yilning 28 oktyabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi DXX Chegara qo‘shinlari va Ozarbayjon Respublikasi Davlat Chegara xizmati rahbarlarining ikki tomonlama uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Do‘stona muhitda o‘tgan uchrashuvda tomonlar davlat chegaralaridagi vaziyat yuzasidan fikr almashib, o‘zaro ishonch, hurmat va amaliy muloqot tamoyillariga asoslangan idoralararo hamkorlikning yo‘nalishlari va istiqbollarini muhokama qildilar.
Uchrashuv yakunida davlat chegarasini qo‘riqlash, chegara nazorati, axborot texnologiyalari va moddiy-texnik ta’minot masalalari bo‘yicha tajriba almashishga kelishib olindi.
Tomonlar ikki davlat rahbarlari tomonidan belgilangan yo‘nalish asosida qardosh xalqlar o‘rtasidagi azaliy do‘stona munosabatlarni mustahkamlashga qat’iy sodiqligini yana bir bor tasdiqladi.
O‘zA