Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston va Ozarbayjon: bojxona sohasida hamkorlik rivojlanadi
18:39 / 2022-06-03

O‘zbekiston Davlat bojxona qo‘mitasi raisi Akmalxo‘ja Mavlonov boshchiligidagi delegatsiya Ozarbayjon Respublikasi bojxona xizmati faoliyati bilan yaqindan tanishish va o‘zaro hamkorlik aloqalarini yangi bosqichga olib chiqish maqsadida Boku shahriga tashrif buyurdi.

Tashrif avvalida mehmonlar Boku shahridagi Shahidlar xiyobonida bo‘ldi. Bu yerda Ozarbayjon Milliy lideri Haydar Aliyev mangu ko‘nim topgan maskandagi yodgorlik poyiga gulchambar qo‘yib, hurmat bajo keltirdi.

Tashrifning asosiy tadbiri O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisi Akmalxo‘ja Mavlonov va Ozarbayjon Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi rahbari Safar Mextiyevning ikki tomonlama uchrashuvi bo‘ldi.

Uchrashuvda bojxona nazorati tartib-taomillarini soddalashtirish, bojxona sohasini raqamlashtirish bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirish haqida fikr almashildi.

Kadrlar salohiyatini mustahkamlash, infratuzilmani yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, bojxona ma’muriyatchiligining ilg‘or usullarini joriy qilish, masofaviy elektron deklaratsiyalash markazi faoliyatini o‘rganish, xavflarni aniqlash metodologiyasi, kinologiya sohasida hamkorlikni yanada chuqurlashtirish kabi o‘nlab masalalar atroflicha muhokama qilindi.

Uchrashuvning amaliy natijasi sifatida ikki mamlakat bojxona xizmati rahbarlari o‘rtasida 2022-2023 yillarga mo‘ljallangan o‘zaro hamkorlik rejasi imzolandi.

Amaliy tashrif doirasida delegatsiya Ozarbayjon Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Bojxona akademiyasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Ozarbayjon bojxona akademiyasi va O‘zbekiston bojxona instituti o‘rtasidagi ilmiy-pedagogik hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

O‘n yil avval tashkil etilgan mazkur oliy o‘quv yurti bilan Bojxona instituti o‘rtasida 2021 yilning o‘zida 5 marotaba turli onlayn ma’ruza va mashg‘ulotlar o‘tkazilgan.

Amaliy tashrif davomida delegatsiya Jahon bojxona tashkilotining institutsional rivojlanish bo‘yicha mintaqaviy markazi bilan ham yaqindan tanishdi.

Tashrifning ikkinchi kunida mehmonlar Boku bosh bojxona boshqarmasida bo‘lib, bu yerdagi bojxona faoliyatining ishlash prinsiplari va tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi tartiblari bilan yaqindan tanishdi.

Boshqarmadagi «Nishon» markazi hamda faoliyatga tatbiq qilingan «Yagona darcha» axborot tizimi haqida batafsil axborotlar berildi.

Boshqarmada tashqi savdo ishtirokchilarining bojxona yuk deklaratsiyalari elektron ravishda bojxona organlariga taqdim etiladi. Yuklarni identifikatsiya qilish va bojxona nazoratining barcha bosqichlari zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda amalga oshiriladi.

O‘zA