Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston va Osiyo taraqqiyot banki 3,5 milliard dollarlik memorandum imzoladi
14:10 / 2024-05-13

Joriy yilning 4-5 may kunlari Tbilisi shahrida Osiyo taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashining 57 yillik yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Jamshid Xodjayev boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etdi.

Tadbir doirasida investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Xurram Teshabayev va OTBning Markaziy va G‘arbiy Osiyo bo‘yicha Bosh direktori Yevgeniy Jukov umumiy qiymati 3,5 milliard AQSH dollarlik 2025-2027 yillarga mo‘ljallangan dasturni amalga oshirish bo‘yicha memorandumni imzoladi.

Dasturda har ikki tomon uchun ham manfaatli bo‘lgan va «O‘zbekiston – 2030» Strategiyasida belgilangan vazifalarga muvofiq bo‘lgan loyihalar o‘rin olgan.

O‘zbekiston 1995 yilda OTBga a’zo bo‘lgan. 1998 yilda OTBning O‘zbekistondagi vakolatxonasi ochilgan. Hozirda OTB tomonidan O‘zbekiston suveren portfeliga taqdim etgan mablag‘larning umumiy hajmi 12 milliard dollarga yetgan. O‘tgan yili OTB 4 ta suveren loyiha va 2 ta dasturga 6 ta kredit va 1 ta grant ajratdi.

 

O‘zA