Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston va OIIB: infratuzilmani rivojlantirishda hamkorlik mustahkamlanadi
12:23 / 2025-02-18

Avval xabar qilinganidek, Saudiya Arabistonida o‘tayotgan “Rivojlanayotgan mamlakatlar muloqoti” konferensiyasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov hamda Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki prezidenti Szin Litsyun o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi.

Tomonlar o‘zaro hamkorlik yo‘nalishlari, yashil iqtisodiyotni rivojlantirish, byudjetni qo‘llab-quvvatlash va infratuzilmani takomillashtirish masalalarini muhokama qildi.

Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki xalqaro moliyaviy institut sifatida infratuzilma va boshqa mahsuldor sektorlarni rivojlantirish orqali Osiyo mintaqasida iqtisodiy o‘sishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan. Bank 2016 yil 16 yanvardan faoliyat yuritgan, bosh ofisi Pekin shahrida joylashgan.

Uchrashuvda “yashil“ iqtisodiyotni rivojlantirish, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish hamda energiya samaradorligini oshirishda hamkorlikni kuchaytirish, davlat-xususiy sheriklik dasturlari asosida infratuzilma loyihalarini amalga oshirish va zamonaviy issiqlik ta’minoti tizimini yaratish masalalari xususida ham fikr almashildi.

Vazirlik axborot xizmatining xabar berishicha, muzokaralar yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish hamda belgilangan maqsadlarga erishishda samarali faoliyat olib borishga kelishib oldi.

N.Ziyodullayeva tayyorladi, O‘zA