Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston yoshlari do‘stlashadi
17:26 / 2023-10-04

Madaniyat vazirligi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasida mamlakatimizda bo‘lib turgan Mo‘g‘uliston delegatsiyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Muloqot davomida mehmonlarga qo‘mita faoliyati, mamlakatimizda ayni yo‘nalishda olib borilayotgan ishlar, rivojlanib borayotgan xalqaro aloqalar, xorijdagi vatandoshlar faoliyati bo‘yicha ma’lumot berildi.

O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston o‘rtasidagi do‘stlikni, madaniy-ma’rifiy aloqani rivojlantirish, tinch, farovon hayotni ta’minlashda “xalq diplomatiyasi” muhim ahamiyatga ega ekani qayd etildi.

Qo‘mita va Mo‘g‘uliston xorij bilan do‘stlik uyushmasi o‘rtasidagi ko‘p yillik hamkorlik mavjud. Bu borada bir necha bor delegatsiyalar almashinuvi, davra suhbatlari, anjumanlar tashkil qilingan.

Suhbat chog‘ida mehmonlar O‘zbekistonni ikkinchi vatan sifatida e’tirof etib, o‘zbek xalqiga hurmati juda yuqori ekanini ta’kidladi. Zero, ular 1975-1992 yillar mobaynida yurtimiz oliygohlarida tahsil olishgan. Elimizning urf-odati, O‘zbekiston tarixi va madaniyati bilan yaqindan tanishgan.

Do‘stona ruhda o‘tgan uchrashuvda O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston yoshlari do‘stligini yanada mustahkamlash zarurligi haqida yakdil fikr bildirilib, ayni yo‘nalishda yangi loyihalar ishlab chiqishga doir taklif, tavsiyalar o‘rtaga tashlandi.

G.Sattorova,
Davron Ernazarov (surat),

O‘zA