Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston: parlamentlararo hamkorlik aloqalari yangi mazmun bilan boyitiladi
16:16 / 2025-08-12

Senatda Mo‘g‘uliston Buyuk Davlat Xurali a’zosi, Byudjet bo‘yicha doimiy qo‘mita a’zosi Serenpil Davaasuren boshchiligidagi parlament delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston bilan Mo‘g‘uliston o‘rtasidagi keng qamrovli sheriklik aloqalari ko‘p asrlik do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik munosabatlariga, o‘zaro yaqin savdo-iqtisodiy va gumanitar hamkorlikka asoslangani ta’kidlandi.

Ikki mamlakat rahbarlarining siyosiy irodasi va ishonchi davlatlararo munosabatlarning yanada rivojlanishi va mustahkamlanishida muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Mo‘g‘uliston Buyuk Davlat Xurali bilan hamkorlik bo‘yicha parlamentlararo do‘stlik guruhi faoliyatining samaradorligini oshirish hamda oliy darajada erishilgan kelishuvlarning bajarilishi ustidan birgalikdagi parlament nazoratini yo‘lga qo‘yish yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

O‘zbekiston Prezidentining Mo‘g‘ulistonga davlat tashrifi davomida erishilgan kelishuvlar doirasida qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohalarida belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida hamda to‘liq amalga oshirilishini ta’minlash parlamentlararo guruhning ham vazifasi ekanligi ta’kidlandi.

Uchrashuvda parlamentlararo hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, uni yangi mazmun bilan boyitish, qonun ijodkorligi sohasida o‘zaro tajriba almashish masalalari bo‘yicha ham so‘z yuritildi.

N.Abduraimova, O‘zA