Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston hukumatlari delegatsiyalari uchrashuvi
17:11 / 2023-10-26

O‘zbekiston hukumati delegatsiyasining Bishkek shahriga tashrifi doirasida “Ala-Archa” davlat qarorgohida Mo‘g‘uliston Bosh vaziri Luvsannamsrayn Oyuun-Erdene bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Muloqot davomida mamlakatlarimiz o‘zaro munosabati rivojlanib borayotgani, bu jarayonda ayniqsa, Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Uxnaagiyn Xurelsux o‘rtasida o‘tgan yil Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuv muhim ahamiyat kasb etayotgani ta’kidlandi.

Oliy darajada erishilgan kelishuvlar ijrosini ta’minlash maqsadida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan istiqboldagi vazifalar ijrosi yuzasidan fikr almashildi.

Qayd etilganidek, tovar ayirboshlash hajmi mamlakatlar salohiyatiga mos kelmaydi. Yaqin yillarda majud miqdorni bir necha barobar oshirish uchun imkoniyat yetarli.

O‘zbekiston tomoni savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish dasturini imzolash jarayonini tezlashtirish muhimligiga e’tibor qaratdi.

Shuningdek, tez orada Hukumatlararo qo‘shma komissiyaning birinchi yig‘ilishi va mazkur tadbir doirasida O‘zbekiston – Mo‘g‘uliston biznes-forumini Toshkent shahrida o‘tkazish taklif qilindi.

Uchrashuvda qishloq xo‘jaligi, sanoat kooperatsiyasi, savdo-sotiq, transport va logistika, madaniy-gumanitar, turizm, ekologiya sohalarida hamkorlikni rivojlantirishning muhim masalalari ham tahlil etildi.

O‘zA