French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston va Misr: turizm va arxeologiya sohalarida hamkorlik rivojlanadi
19:51 / 2025-12-12

Misr turizm va qadimiy obidalar vaziri Sharif Fathiy Misrga rasmiy tashrif buyurgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Kreativ iqtisodiyot va turizm departamenti rahbari va O‘zbekiston Madaniyati va san’atini rivojlantirish jamg‘armasi raisi Gayane Umerova boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi.

“Almasdar” nashri xabariga ko‘ra, muloqot davomida mamlakatlarimiz o‘rtasida turizm va arxeologiya sohalarida, xususan, o‘lkadagi muzeylardan yashirincha olib chiqilgan qadimiy buyumlarni qaytarish borasida hamkorlikni kuchaytirish yo‘llari muhokama qilindi. Tomonlar shuningdek, O‘zbekistonda Misr qadimiy buyumlarining ko‘rgazmasini tashkil etish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishdi

Sharif FathiyMisr va O‘zbekiston o‘rtasidagi chuqur do‘stlikni ta’kidlab, barcha sohalarda munosabatlarni yanada rivojlantirish uchun katta salohiyat mavjudligini qayd etdi. Uning ta’kidlashicha, madaniy meros va turizm yo‘nalishlaridagi hamkorlik ikki xalq o‘rtasidagi o‘zaro tushunish va ehtiromni mustahkamlaydi.

O‘z navbatida,Gayane Umerova samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, vazirni “Buyuk Misr” muzeyining ochilishi bilan tabrikladi va muzeylarni boshqarish, antik buyumlarni tiklash bo‘yicha Misr tajribasidan foydalanishga qiziqish bildirdi.

M.Pirmatova, O‘zA