Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oʻzbekiston va Misr: savdo-iqtisodiy, madaniy gumanitar hamda parlamentlararo aloqalar yanada mustahkamlanadi
10:24 / 2024-05-15

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Norboyeva Misr Arab Respublikasi parlamenti Senati Raisi oʻrinbosari Fibi Favzi Girgis bilan uchrashdi.

Muloqot chogʻida Oʻzbekiston va Misr hamkorligining keng doirasi, jumladan, savdo-iqtisodiy, madaniy gumanitar hamda parlamentlararo aloqalarni yanada mustahkamlash masalalari koʻrib chiqildi. 

Suhbat jarayonida tomonlar forumda koʻtarilgan masalalar, xususan, xotin-qizlarning iqtisodiy imkoniyatlarini, innovatsion faoliyatdagi ishtirokini kengaytirish boʻyicha tajriba almashish lozimligini qayd etdi. 

Ayniqsa, bunda qishloq joylardagi ayollarni qoʻllab-quvvatlash muhimligiga urgʻu berildi. 

Shuningdek, sogʻliqni saqlash, ilm-fan, taʼlim kabi sohalarda qoʻshma loyihalarni amalga oshirishda parlamentlar imkoniyatlaridan foydalanishga kelishib olindi. 

 

N.Abduraimova, 
OʻzA