French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston va Misr hamkorligiga bag‘ishlangan yangi kitob nashr etildi
16:07 / 2023-02-20

O‘zbekiston Respublikasi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamda Misrning “Al-Hivor” siyosiy va axboriy tadqiqotlar markazi bilan hamkorlikda “O‘zbekiston va Misr hamkorligi” deb nomlangan yangi kitob nashr etildi.

O‘zbekistonlik diplomat, JIDU Til ta’limi markazi rahbari Lutfiddin Xodjayev hamda misrlik siyosatshunos Ahmad Tohir muallifligidagi kitob O‘zbekiston va Misr o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatilganligining 30 yilligiga bag‘ishlanadi.

Nashrda yozilganidek, O‘zbekiston va Misr o‘rtasidagi munosabatlar tarixi chuqur ildizlarga ega bo‘lib, xalqlarimizni mushtarak diniy va madaniy qadriyatlari va an’analarining o‘xshashligi bog‘lab turadi. Ushbu omil hozirgi kunda ham ikki mamlakat o‘rtasidagi mavjud do‘stona va o‘zaro manfaatli aloqalar rivojida mustahkam tayanch bo‘lib xizmat qilmoqda. Chunonchi, bugungi kunda ikki tomonlama hamkorlik siyosiy, iqtisodiy, madaniy va xavfsizlik sohalarni qamrab oladi.

Mazkur asar uchta bobdan iborat bo‘lib, ular “O‘zbekiston va Misr: munosabatlarning yuqori bosqichga ko‘tarilishi”, “O‘zbekiston va Misr hamkorligining istiqbolli sohalari” hamda “O‘zbekiston va Misr – o‘xshash yondashuvlar, mushtarak muammolar” deb nomlanadi.

Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston ham, Misr ham barcha sohalarda tub islohotlarni sobitqadamlik bilan davom ettirmoqda. Har ikki mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarning bosh maqsadi xalqning farovon hayoti garovi bo‘lgan barqaror iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlash, Markaziy Osiyo va Yaqin Sharq mintaqalari hamda xalqaro maydonda samarali va konstruktiv tashqi siyosat yuritishga qodir bo‘lgan ikki yangi davlat – Yangi O‘zbekistonni va Yangi Misrni barpo etish hisoblanadi, deb yoziladi asarda.

O‘zA