Behruz Baxshilloyevich RAJABOV tadqiqotchi Buxoro davlat universiteti Buxoro, O‘zbekiston
Annotatsiya
Maqolada Markaziy Osiyo xalqlari asrlar davomida bir zaminda birga yashab, mushtarak tarix, madaniyat va qadriyatlarga ega ekanligi hamda bugungi globallashgan dunyoda bunday yaqinlik iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy sohalardagi hamkorlik uchun mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilayotgani yoritilgan. Shuningdek, O‘zbekiston va Qirg‘iziston, O‘zbekiston-Tojikiston, O‘zbekiston va Turkmaniston madaniyati, tili va qadriyatlari jihatidan uzoq tarixga ega ekanligi, ikki davlat vakillari azaldan do‘st bo‘lib kelganligi asoslab berilgan. Ushbu mamlakatlar bilan yaqin qo‘shnichilik munosabatlarida o‘zaro ishonch, do‘stlik va strategik sheriklikning yangi sahifasi ochilayotganligi tahlil etilgan.
Tayanch so‘zlar: sivilizatsiya, integratsiya, do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik, hamkorlik, do‘stlik uyi.